Mirziyoyev rafiqasi bilan Germaniyaga bordi
Jamiyat
−
02 may 2023
13314Bugun, 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan Berlinga yetib bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
“Berlin-Brandenburg” aeroportida O‘zbekiston yetakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Germaniyaning rasmiy shaxslari kutib oldi.
Aytilishicha, bugun Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansler Olaf Shols bilan uchrashuv o‘tkazadi.
LiveBarchasi