Mirziyoyev rahbarlarning xalq va OAV bilan kibrga berilmasligi shartligini aytdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 22 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu yig‘ilishda davlat rahbari hokimlarga OAV bilan muloqotga kibrga berilmaslikni, nafaqat o‘z sha’ni, balki davlat sha’nini saqlashga mas’ul ekanini uqtirdi. 

“Hokimlar eski bino va inshootlarni buzish hisobiga bo‘shagan joylarda uy qurish masalasiga alohida e’tibor berishi shartligi, kompensatsiya pullari to‘lanib, mulk egalari rozi bo‘lmaguncha birorta ko‘chmas mulk buzilishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Davlat idoralari rahbarlari nafaqat o‘zining, balki davlatning ham sha’nini saqlashga mas’ul ekani, xalq bilan, ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda kibrga berilmay, vazmin va oqilona, qonunga asoslangan qaror qabul qilishi shartligi ta’kidlandi. 

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi va amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing