Mirziyoyev Putinni tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev RF Prezidentini 12 iyun kuni – Rossiya kuni munosabati bilan qutladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 iyun kuni Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Moskvadagi Qizil maydonda o‘tkaziladigan harbiy paradda ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga so‘nggi bor 2019 yilning 20 dekabr kuni Yaponiga tashrifini yakunlab, borgandi. Prezident Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etgandi. Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev RF rahbari Vladimir Putin bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing