Mirziyoyev Putinni qutladi
Jamiyat
−
11 iyun 13009 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Rossiya yetakchisi va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan davlat bayrami – Rossiya kuni bilan samimiy tabriklagan.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
O‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikki mamlakat hududlari darajasidagi faol almashinuvlar va amaliy hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyada madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan so‘nggi bor joriy yilning 3 may kuni telefon orqali muloqot qilgandi. Suhbat davomida yetakchilar ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr