Mirziyoyev Putinga telefon qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi. Mirziyoyev muloqot davomida Putinga va Rossiya xalqiga Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Holl" konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi nomidan vafot etganlarning oila a’zolariga bardamlik, jarohatlanganlarga tez fursatda shifo topishlarini tilagan. Begunoh insonlarga qarshi qaratilgan ushbu jinoyat yana bir bor qat’iy qoralangan.

Putin o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidentiga ushbu og‘ir damda bildirilgan dalda so‘zlari va zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirgan. Mamlakatlar xavfsizligi va barqaror taraqqiyotiga tahdid bo‘lgan ushbu yovuz kuchga kurashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishga kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putinga ta’ziya xati yo‘llagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing