Mirziyoyev Putinga sim qoqdi
Jamiyat
−
15 avgust
67447O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“Turli sohalarda jadal rivojlanayotgan ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb mavzular, jumladan, Rossiya Federatsiyasining BRICS assotsiatsiyasidagi joriy raisligini hisobga olgan holda muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini bundan buyon ham izchil mustahkamlash niyatida ekanliklarini tasdiqlagan.
“Kelgusi aloqalar haqida kelishib olindi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yetakchilar joriy yilning 26-28 may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qilgan.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat yetakchi korxonalari va hududlari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalari va gumanitar dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
LiveBarchasi