Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putinga Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan fojia sabab hamdardlik bildirdi. 

“Sizga, qurbon bo‘lganlarning ota-onalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etaman hamda jarohat olganlar tez fursatda shifo topishlarini tilayman.

Ushbu musibatli damlarda O‘zbekistonning ko‘pmillatli xalqi Rossiya xalqi uchragan judolikki qayg‘udoshdir”, deyiladi hamdardlik matnida.

Eslatib o‘tamiz, bugun Qozonda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi yaralandi. Jinoyatni 17 yashar sobiq o‘quvchi amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Qozon

Baholaganlar

540

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing