Mirziyoyev Putin kutayotgan shartnomani ratifikatsiya qildi
Jamiyat
−
01 noyabr
17967O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqdagi qonun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2024 yil 18 oktyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan joriy yil 24 oktyabrda ma’qullangan rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kecha, 31 oktyabr kuni Prezident tomonidan tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun, rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish 2023 yil 13 oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan taklif qilingan.
Keyinchalik, sammitda MDH davlatlari rahbarlari rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish to‘g‘risidagi bayonni hamda “Xalqaro rus tili tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi shartnomani imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining barcha davlatlari Xalqaro rus tili tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani tez orada ratifikatsiya qilishini kutayotganini aytgandi.
LiveBarchasi