Mirziyoyev Putin bilan telefonda nimalarni gaplashdi?
Jamiyat
−
11 aprel 2023 10574 1 daqiqa
Bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda gaplashdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot davomida davlatlararo tovar ayirboshlash sur’atlarini ta’minlash va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilingan.
Shuningdek, joriy yilning aprel oyi oxirida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasidan ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishda samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Bundan tashqari, madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasidagi hamkorlik sermahsul bo‘layotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Live
Barchasi