Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saytida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, Prezidentlar O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqqan. 

O‘tgan yil noyabr oyida Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. 

Joriy yil boshidan faol muloqotlar va o‘zaro tashriflar sur’ati oshgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Mart oyi oxirida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda aprel oyida O‘zbekiston poytaxtida yangi mintaqaviy formatda tashkil etilgan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida ikki tomonlama tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. 

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha ustuvor loyihalar davom ettirilmoqda. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshirilgan.

Gumanitar hamkorlikka doir, shu jumladan ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va sport sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini chuqurlashtirish va hududlararo aloqalarning katta salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini qayd etgan.

Mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

“Ikki mamlakat Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiqlik, ishonch va do‘stonalik ruhida o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Kreml Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, telefon muloqoti O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing