Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Jamiyat

image

Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlari o‘zaro suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan. 

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va faol gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratilgan. 

Ikki davlat yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqib, yaqin muddatlarda qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini, O‘zbekiston-Rossiya hududlar, ta’lim va media forumlarini o‘tkazish muhimligini ta’kidlagan. 

Shuningdek, suhbat jarayonida mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Putin joriy yilning 24 iyul kuni Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni tavallud kuni bilan tabriklagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing