Mirziyoyev Pokistonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

2021 yil iyulda Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan edi. Bu galgi tashrifda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy sheriklikni rivojlantirish choralari muhokama qilinadi. 

Uchrashuvda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy maslalalar yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar natijasi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing