Mirziyoyev Pokistonda. Uni Imron Xonning o‘zi kutib oldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokistonga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. Islomobod shahridagi aeroportda davlat rahbarini Pokiston Bosh vaziri Imron Xon kutib oldi.

Oliy darajadagi muzokaralar bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar natijasi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Davlat rahbari tashrifning ikkinchi kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan ham uchrashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

378

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing