Mirziyoyev Pokiston generali bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 avgust kuni Pokiston Islom Respublikasi Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Sahir Shamshod Mirzo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

General O‘zbekiston rahbariga Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Pokiston Bosh vazirining joriy yilning fevral oyidagi O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Pokiston ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Harbiy va harbiy-texnik sohalarda, xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi amaliy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha imzolangan uch tomonlama bitimni tez fursatda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, joriy yil boshidan buyon ikki davlat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga, yuk tashish 50 foizga oshdi. Karachi va Lahor shaharlarida savdo uylari ochildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Asif Ali Zardariy va Bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘llagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Pokiston Shahboz Sharif Transafg'on temiryo'li Sahir Shamshod Mirzo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing