Mirziyoyev Pezeshkiyonni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirgan.

“Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega bo‘lgan, so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil va samarali kengaytirishdan manfaatdormiz”, deyiladi maktubda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 iyul kuni Eronda prezidentlik saylovining ikkinchi turi bo‘lib o‘tgan va unda reformator Mas’ud Pezeshkiyon va konservator Said Jaliliy bellashgandi. Bugun, 6 iyul kuni e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, Pezeshkiyon 53,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Jaliliy esa 44,3 foiz ovoz oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Eron Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing