Mirziyoyev Pekindagi Xalq qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi

Jamiyat

image

Bugun, 24 yanvar kuni davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maydonda O‘zbekiston va XXR davlat madhiyalari yangragan. Davlat rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirgan.

Bildirilishicha, Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi. 1949 yil 1 oktyabr kuni aynan shu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani e’lon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi esa XX asrning o‘rtalarida bunyod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga yetib borgandi. Uni "Shoudu" xalqaro aeroportida XXR Madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bugun, 24 yanvar kuni esa Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifini XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuvdan boshladi. Shuningdek, u  Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Chjao Letszi bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xitoy Pekin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing