Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Aliyevni tabrikladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyevni mamlakat Mustaqillik kuni bilan qutladi. Bu haqda “Ap.az” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari Aliyevga yo‘llagan maktubida uning Ozarbayjonda olib borayotgan istiqbolli ichki va tashqi siyosati, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan islohotlari bugungi kunda munosib natijalar berayotgani, Ozarbayjonning xalqaro maydondagi mavqeyi va obro‘si doimiy ravishda oshib borayotganini e’tirof etgan. 

O‘zbekiston Prezidenti so‘nggi yillarda ikki qardosh xalqning umumiy intilishlari, ochiq va samarali muloqot, oliy va yuqori darajadagi tashriflar almashinuvi ifodasi bo‘lgan yaqin birodarlik munosabatlari natijasida o‘zaro strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlagan. Mirziyoyev , shuningdek, Ilhom Aliyevning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholagan. 

“Ishonchim komilki, Ozarbayjonga yaqin kelajakdagi tashrifimiz ko‘p qirrali va uzoq muddatli munosabatlarimizda yangi tarixiy davrning boshlanishi bo‘lib, hamkorligimizni orzu-istaklarimiz va mavjud imkoniyatlarimizga mos ravishda yanada yuqori bosqichga olib chiqadi.

Fursatdan foydalanib, yurtingiz hayotidagi ushbu unutilmas va quvonchli kunda Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va mamlakatingiz, qardosh Ozarbayjon xalqiga tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lidagi bebaho faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, deyilgan Shavkat Mirziyoyevning tabrigida.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Ozarbayjon Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing