Mirziyoyev Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari tashrifini Turkiya turixida o‘chmas iz qoldirgan davlat arbobi, Turkiya davlati asoschisi Mustafo Kamol Otaturk qabrini ziyorat qilishdan boshladi. 

Prezident Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi. 

Mustafo Kamol turk xalqining atoqli farzandi, buyuk davlat arbobidir. U Birinchi jahon urushidan keyin parchalanib, okkupatsiyada qolgan mamlakatni ozod etgan. 1923 yilda mustaqillik e’lon qilib, hozirgi Turkiya Respublikasiga asos solgan hamda uning birinchi Prezidenti bo‘lgan. Mamlakatning bugungi taraqqiyotini belgilab bergan siyosiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarni amalga oshirgan. 1934 yilda parlament qonuni bilan unga Otaturk nomi berilgan. U dafn etilgan Anitkabir majmuasi xalq uchun juda qadrli maskanga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi davomida ham Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo‘ygan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing