Mirziyoyev Nur-Sultondan turib Japarovga sim qoqdi

Jamiyat

image

Bugun, 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari Qirg‘iziston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, birodar qirg‘iz xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Yetakchilar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

Turli darajalardagi konstruktiv muloqot va faol almashinuvlarni davom ettirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda muhim kooperatsiya loyihalarini birgalikda ilgari surish muhimligi qayd etildi. Biznes va hududlar darajasida amaliy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Qayd etilishicha, telefon orqali muloqot har doimgidek iliq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing