Mirziyoyev Nazarboyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni 82 yoshni qarshilagani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nazarboyev va Mirziyoyev telefon orqali muloqot qilgan.

“Suhbat avvalida davlat rahbari Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, muloqot chog‘ida keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yuqori sur’at bilan rivojlanib borayotgani ta’kidlangan.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti O‘zbekiston rahbariga tabrik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar izchil davom ettirilishiga ishonch bildirgan.

Suhbat yakunida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev muborak Qurbon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, birodar xalqlarga tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Nazarboyev 82 yoshni qarshiladi. Qozog‘istonda bu kun mamlakatda davlat bayrami bo‘lgan va avvallari alohida miqyosda nishonlanadigan Poytaxt kuniga to‘g‘ri keladi. Biroq, 2022 yil 6 iyul holatiga ko‘ra, odatdagidan farqli o‘laroq, keng ko‘lamli tadbirlar e’lon qilinmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing