Mirziyoyev Navoiyda 3,6 mlrd dollarlik loyihalarni boshlab berdi
Jamiyat
−
01 noyabr
3796Bugun, 1 noyabr kuni Navoiy viloyatida Prezident Shavkat Mirziyoyev va jamoatchilik vakillari ishtirokida yangi loyihalarga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Marosimda 15 ta loyiha haqida e’lon qilindi.
Jumladan, Konimex tumanida yonuvchi slanetslarni qazib olish va qayta ishlashning birinchi bosqichi, Karmana tumanida 300 megavatt quyosh foto elektr stansiyasi va 75 megavatt elektr energiyasini saqlash tizimi, Navoiy shahrida texnik gaz ishlab chiqarish, G‘ozg‘on shahrida marmar va Zarafshon shahrida granit toshlarni qayta ishlash, Uchquduq tumanida kaolin qazib olish va boyitish, Xatirchi tumanida baliq ozuqasi tayyorlash loyihalari qurilishi boshlandi.
Karmana tumanida kaliy sulfat va sulfat kislotasi, Navoiy shahrida paxta sellyulozasi, Nurota tumanida granit toshlarni qayta ishlash korxonalari ishga tushirildi.
Mazkur 15 ta loyihaning umumiy qiymati 3 milliard 600 million dollar. Ularning natijasida 7 mingdan ortiq ish o‘rni paydo bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi loyihalarning qurilishi va faoliyatini boshlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilish maydonida bo‘lib, nuroniylar va ziyolilar bilan suhbatlashgan, Navoiy shahri Farovon mahallasidagi 22-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi