Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik biznesmenlar bilan ilk bor uchrashuv o‘tkazdi
Jamiyat
−
24 iyun
4190Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Mo‘g‘ulistonning va O‘zbekiston yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. Qayd etilishicha, bunday formatdagi uchrashuv Mo‘g‘uliston bilan ilk bor o‘tkazilgan.
“Biz mavjud salohiyat va imkoniyatlardan deyarli foydalanmayotganimizni ta’kidladik. Shu munosabat bilan yaqin yillarda o‘zaro savdoni, eng avvalo, xaridorgir mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish orqali karrasiga oshirish vazifasini qo‘ydik”, degan Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lum qilinishicha, tez fursatda Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda savdo uylarini ochish hamda ikki mamlakat poytaxtlarida sanoat ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va bozorlarga kirishni yengillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashga kelishib olingan.
Prezident Mirziyoyev mo‘g‘ul kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan. Bundan tashqari, Mo‘g‘ulistondan chorva, go‘sht va uni qayta ishlash mahsulotlarini import qilish hamda to‘qimachilik va tayyor qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishga o‘zaro qiziqish bildirildi. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik doirasida “Halol” standartiga mos go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma klasterlar, jun va terini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan 14 ta shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr