Mirziyoyev Moskvada bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashdi

Olam

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish doirasida bir nechta davlat yetakchilari norasmiy uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, ular orasida XXR Raisi Si Szinpin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Vetnam Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi To Lam, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bor.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Rossiya poytaxtida davom etayotgan bayram tantanalarida yuqoridagi rasmiylardan tashqari Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, shuningdek, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Kuba, Turkmaniston, Venesuela, Efiopiya, Zimbabve, Falastin, Burkina-Faso, Bosniya va Gersegovina, Kongo Respublikasi va Ekvatorial Gvineya rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bayramini nishonlash uchun Moskva shahriga yetib borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Si Tszin'pin Moskvadagi parad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing