Mirziyoyev Modini tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 avgust kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi. 

Suhbat avvalida davlat rahbari Bosh vazir va Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – mamlakat mustaqilligi kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan. 

Muloqot davomida O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. Erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani, turli darajalarda faol va sermahsul muloqotlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan. 

Yetakchilar farmatsevtika va kimyo sanoati, raqamli iqtisodiyot, energetika, konchilik, qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratgan. “Shimol-Janub” yo‘lagi doirasida samarali transport-tranzit yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. 

Shuningdek, hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini Toshkent shahrida samarali o‘tkazish muhimligi qayd etilgan. Madaniyat va kino kunlarini o‘zaro tashkil etish, hududlar darajasida almashinuvlarni faollashtirish taklif qilingan. 

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashgan hamda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqqan.

Ma’lumot uchun, Hindiston 1947 yilning 15 avgust kuni mustaqillikka erishgan.

Eslatib ўтамиз, Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta Narendra Modi bilan o‘tgan yili 23 oktyabrt kuni Rossiyaning Qozon shahrida BRICS sammiti doirasida uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Hindiston Narendra Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing