Mirziyoyev Misrga boradi
Jamiyat
−
19 fevral 2023
11478Prezident Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Misr munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, ushbu tashrif davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida davlatlar o‘rtasida qo‘shma bayonot qabul qilinishi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
LiveBarchasi