Mirziyoyev Mishustinni O‘zbekistonga taklif qildi

Jamiyat

image

Rasmiy tashrifi doirasida Moskvada bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv Rossiya Hukumatining Muvofiqlashtirish markazida bo‘lib o‘tgan. Unda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Mirziyoyev uchinchi Hududlararo hamkorlik forumi muvaffaqiyatli tashkil etilgani va o‘tkazilgani, uning yakunida ikki mamlakat o‘rtasida 3,5 milliard dollarlik hujjatlar imzolanganini olqishlagan.

Shuningdek, tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilib, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun qo‘shma Ishchi guruhi tuzilgan.

Raqamlashtirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalarida hamda O‘zbekistonda elektron savdoni joriy qilish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat hududlarining amaliy sherikligini yanada rivojlantirish va uni aniq loyihalar bilan boyitish uchun keng imkoniyatlar borligi qayd etildi.

Shaharsozlik, uy-joy fondini renovatsiya qilish sohalarida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olingan. Muzokaralar yakunida Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisini rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etgan.

So‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Hukumatining Muvofiqlashtirish markazi bilan tanishdi. Mixail Mishustin O‘zbekiston rahbariga ijro hokimiyati organlarining tezkor va kelishilgan harakatlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu doimiy faoliyat yurituvchi idora faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Mixail Mishustin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing