Mirziyoyev metro intervalini 2 daqiqaga tushirishni buyurdi

Jamiyat

image

Bgun, 21 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenida xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda transport va qurilish sohasi mutasaddilari davlat rahbarini metropolitenning bugungi holati hamda kelgusi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishtirgan.

Prezident metro xizmatlari sifatini oshirish, harakat qulayligi va xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Shuningdek, yana yangi vagonlar olib kelib, foydalanish muddati o‘tganlarini yangilash, ikki daqiqali intervalni ta’minlash zarurligini ham aytgan.

Bundan tashqari, taqdimot davomida Toshkent metropolitenini transformatsiya qilib, daromadini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan. 

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda metropoliten qamrovini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 32 kilometr yo‘l qurildi, 21 ta yangi stansiya ishga tushirildi. 15 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Yangi yo‘nalishlar poytaxtning Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Yunusobod tumanlaridan o‘tib, aholining kundalik qatnoviga qulaylik yaratdi.

Bugungi kunda metropolitendan foydalanadigan yo‘lovchilar soni 5 barobar oshib, kunlik qatnov 720 mingtaga yetdi.

Aytish joiz, so‘nggi vaqtlarda metropolitenning asosan foydalanish muddati o‘tgan poyezdlari bekatda to‘xtab qolishi, eshigi yopilmay qolishi bilan bog‘liq holatlar sezilarli darajada ko‘paygan. Xususan, joriy yilning 13 noyabr kuni O‘zbekiston yo‘nalishining Alisher Navoiy bekatida poyezd to‘xtab qolgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev metropoliten taqdimot metro xizmatlari metro intervali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made