Mirziyoyev MDH Bosh kotibidan ham qutlov eshitdi
Jamiyat
−
01 may 2023
4703Bugun, 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bo‘yicha referendumni kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatda bo‘lib turgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.
Davlat rahbari Hamdo‘stlik Bosh kotibi va missiya a’zolariga mamlakatning barcha hududlarida faol ishlagani hamda referendumning borishi va natijalariga yuksak baho bergani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
O‘z navbatida, nufuzli mintaqaviy tashkilot rahbari O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqini referendum jarayonlari yuksak xalqaro talablari va standartlariga muvofiq tashkil etilgani bilan qutladi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, sanoat va transport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashda MDHning muhim o‘rni qayd etildi. Hamdo‘stlik makonida investitsiyalar jadal sur’at bilan o‘sayotgani ta’kidlandi, joriy yilning mart oyida Samarqand shahrida o‘tgan Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisining samarali natijalari yuqori baholandi.
Faol gumanitar almashinuvlarni bundan buyon ham davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
LiveBarchasi