Mirziyoyev Matviyenkoni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Jamiyat
−
07 aprel
7502Bugun, 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federal Majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali gaplashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Suhbat avvalida Mirziyoyev Matviyenkoni tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tilagan.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga ikki mamlakat parlamentlari faol hissa qo‘shayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Muloqot yakunida parlamentlararo hamkorlikni, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yanada rivojlantirish muhim ekani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan Rossiya Federal Kengashi Raisi Valentina Matviyenko va Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodinga ta’ziya maktubini yo‘llagan edi.
LiveBarchasi