Mirziyoyev Masjidun Nabaviyda namoz o‘qidi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri – Masjidun Nabaviyda ikki rakat namoz o‘qidi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Prezident “Hujrai saodat”ga tavoze bilan kirib, payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga salomlar va salovatlar aytgan. O‘zbek xalqiga tinchlik va farovonlik tilab duo qilgan.

Shuningdek, Muhammad (s.a.v.) siyratlari va Islom sivilizatsiyasi muzeyi bilan ham tanishgan. Shundan so‘ng Jidda shahriga jo‘nab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga safari davomida Umra ziyoratini ham ado etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

303

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing