Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilari bilan konsertga bordi

Olam

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 avgust kuni Qozog‘istonning Ostona shahriga tashrifi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon san’at ustalarining "Do‘stlik kechasi" tantanali konsertida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev , Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon hamda sammitning faxriy mehmoni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qatnashdi. “Astana Opera” davlat opera va balet teatrida prezidentlar Qozog‘istonning mashhur rassomlari va Markaziy Osiyo tasviriy san’at ustalarining asarlari namoyish etilgan “Ijod sadosi” ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Ertaga ular Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oqo‘rdada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Mirziyoyev va To‘qayev tor doirada uchrashuv o‘tkazdi va Mirziyoyev To‘qayevni O‘zbekistonga taklif qildi. Uchrashuv davomida Mirziyoyev “Oltin Qiron” ordeni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 10 dan ortiq hujjatlar imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ostona shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing