Mirziyoyev Marg‘ilondagi turistik markazni borib ko‘rdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Marg‘ilon shahridagi “Oltin ipak karvonsaroyi” turistik markazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu markazning ikkinchi qavatda jami 30 o‘rinli qadimiy uslubdagi karvonsaroy tashkil etilgan. Istiqbolda majmua bir yilda 10 mingdan ortiq sayyohlarga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallangan.

Davlat rahbari tashrif chog‘ida milliylikka va yoshlar tarbiyasiga e’tibori uchun hunarmandlarga minnatdorlik bildirdi.

“Hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mana shunday oddiy, samimiy joylarni odam sog‘inadi. Bu hunarlarni, bu madaniyatni bobo-momolarimiz faqat qo‘li bilan emas, qalb qo‘ri bilan yaratgan. Bir paytlar bu yo‘nalishlar yo‘qolib ketishiga oz qolgandi. Ularni asrab-avaylayotganingiz uchun rahmat. Bu madaniyatimizni nafaqat chet elliklarga targ‘ib qilish, balki farzandlarimizga ham singdirish kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 

Tashrifda Prezident ustalarning milliy hunarlarni maktablarda o‘rgatish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Mutasaddilarga turizm salohiyatini oshirish, uni targ‘ib etishda kinodan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“O‘tgan yili Marg‘ilon shahriga “Jahon ipak va ikat hunarmandlari shahri» maqomi berilgan edi. Bunday maqomga Buxoro zardo‘zlik, Qo‘qon yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha sazovor bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi xususiy tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing