Mirziyoyev Makronni g‘alaba bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronni ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

“Aminmanki, davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch ruhidagi uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va intilishlarimiz orqali xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib boraveradi”, deyiladi, jumladan, Shavkat Mirziyoyevning maktubida.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida asosiy ovozlarni sanab chiqishdan keyin 58,55 foiz to‘pladi va g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing