Mirziyoyev Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 avgust kuni Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Davlat rahbari Lukashenkoni 70 yoshlik yubiley yoshi bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va katta yutuqlar, Belarus xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘z navbatida, Lukashenko Prezident Mirziyoyev va o‘zbek xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Suhbat davomida joriy yilning 7–9 fevral kunlari Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni tezlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Lukashenko 1954 yilda tug‘ilgan. Bugun, 30 avgust kuni u 70 yoshga to‘ldi. Lukashenko 1994 yilning iyulidan beri Belarusni boshqarib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoni 70 yoshlik yubiley munosabati bilan muqaddas havoriy Andrey Pervozvanniy ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonini imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made