Mirziyoyev Lukashenkoga taklif bilan chiqdi
Jamiyat
−
01 avgust 2019
5487O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda Afg‘onistonni birgalikda tiklashni taklif qildi. Bu haqda “Belorusskiye novosti” xabar berdi.
“Biz katta hajmli ichki bozor, shuningdek, favqulodda istiqbolli Afg‘oniston bozoriga eng qisqa chiqish yo‘lini taklif qilamiz. Belarus va O‘zbekiston kuchlarini birlashtirib, Afg‘onistonning tiklanishida salmoqli hissa qo‘sha olgan bo‘lardi”, dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, yaqin kunlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning yo‘l xaritasi uning tashrifi davomida muhokama qilingan muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berish uchun yangilanishini aytdi. Xususan, bu MTZ traktorlariga texnik xizmat ko‘rsatish markazini tashkil qilish uchun yer uchastkasini ajratish, o‘z vaqtida hisob-kitob qilish va qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq.
LiveBarchasi