Mirziyoyev Koreyaning yangi Prezidentiga tabrik yo‘lladi
Jamiyat
−
04 iyun 3514 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonni ushbu lavozimga saylangani bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari o‘z maktubida Li Chje Myon rahbarligida Koreya Respublikasining intellektual va iqtisodiy qudrati yanada o‘sishiga, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi mustahkamlanishiga ishonch bildirgan.
“Biz Koreya Respublikasi bilan do‘stona va keng qamrovli aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratamiz. Aminmanki, sizning Prezidentlik davringizda alohida strategik sheriklik munosabatlarimiz barcha ustuvor sohalarda jadal rivojlanadi”, deyiladi maktubda.
Prezident mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Li Chje Myonni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 iyun kuni Janubiy Korkeyada muddatidan oldingi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tgandi. Unda “Toburo” demokratik partiyasidan nomzod Li Chje Myon g‘alaba qozondi va byulletenlarning 100 foizi sanab bo‘lingandan so‘ng 49,4 foiz ovoz to‘pladi. Chje Myonning Fuqarolik hokimiyati partiyasidan raqibi Kim Mun Su 41,15 foiz, Islohotlar partiyasidan Li Chjon Suk esa 8,34 foiz ovoz oldi. Ishchilar demokratik partiyasidan Kvon Yong Guk 0,98 foiz, mustaqil nomzod Sung Jin Xo esa 0,1 foiz ovoz oldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr