Mirziyoyev Koreya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbarini qabul qildi
Jamiyat
−
04 Oktabr 2023
3966O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 oktyabr kuni Koreyaning yetakchi “SK Group” kompaniyasi raisi, Koreya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbari Che Txe Von boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuv avvalida davlat rahbari O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada izchil rivojlanib borayotganini qayd etgan. So‘ng esa “SK Group” kompaniyasi bilan yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish, xususan, Toshkent viloyatida mis folga ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Uchrashuvda shuningdek, xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratilgan. Yarimo‘tkazgichlar sanoatida muhandislik kadrlarini tayyorlash va ilmiy izlanishlar o‘tkazish rejalari qo‘llab-quvvatlangan.
Koreya Savdo-sanoat palatasi ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilishda faol ishtirok etishi muhimligi qayd etilgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar