Rossiya, Turkiya va Dubaydagi o‘zbekistonliklar olib kelinadi – Prezident

Jamiyat

Xorijda 11 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi koronavirus pandemiyasi sabab og‘ir ahvolda qolgan. Bu haqda bugun,7 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida ta’kidlab o‘tdi.

“Oxirgi paytda dunyoda har kuni 90-100 ming nafar inson bu virusni yuqtirib olmoqda. Bugunga kelib, unga chalinganlarning umumiy soni qariyb 4 millionga yetdi. Ming afsuski, ularning 265 ming nafari olamdan o‘tdi.

O‘zbekistonda kasallikka chalinganlar soni 2 ming 269 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 1 ming 624 nafari yoki 72 foizi sog‘aydi. Ayni paytda shifoxonalarda 635 nafar bemor davolanmoqda. Xorijdan qaytgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 45 ming fuqaromiz karantinga olingan”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident xorijdagi fuqarolarni olib kelish kerakligini, ularning 11 mingga yaqini anchayin qiyin ahvolda qolganini ta’kidlab o‘tdi. Ularni qaytargandan keyin ham nazoratga olish kerakligi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 30 martidan e’tiboran O‘zbekistonda barcha aviaqatnovlar to‘xtatilgan va aeroportlar yopilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

859

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing