Mirziyoyev Xomanaiyga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
20 may
13971O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
"Maktubda, jumladan, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlarimiz qalblarida doimiy saqlanib qolishi ta’kidlanadi", deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev Eron xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchragani, halokatda vertolyotning barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari halok bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
26 noyabr