Mirziyoyev Xitoydagi paradda qatnashmoqda (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 sentyabr kuni rafiqasi bilan birga Pekin shahrining Tyananmen maydonida o‘tayotgan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etmoqda. 

Paradda, shuningdek, Xitoy rahbari Si Szinpin, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, yana 24 davlatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.

XXR Raisi Si Szinpin o‘z nutqida bugungi sharoitda tarixiy xotirani asrab-avaylash, tinchlikni saqlash va adolatni ta’minlash muhimligini ta’kidladi. Paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta bo‘linmasi ishtirok etdi. Xitoy mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan raketa tizimlari, tanklar, aviatsiya texnikasi va uchuvchisiz uchish apparatlarining eng so‘nggi namunalari namoyish etildi.

Bunday paradlar 1949 yildan buyon Pekinda o‘tkazib kelinadi, qurolli kuchlarning so‘nggi katta ko‘rigi esa 2019 yil 1 oktyabrda bo‘lib o‘tgan va unda 15 mingga yaqin ishtirokchi qatnashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pekin shahridagi tantanali tadbirlarda ishtiroki mamlakatning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida mintaqaviy va global darajada konstruktiv muloqotni rivojlantirishga qaratilgan izchil tashqi siyosatining navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xitoy parad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing