Mirziyoyev Xitoy TIV rahbarini qabul qildi
Jamiyat
−
28 iyul 2022
4729Bugun, 28 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Van I O‘zbekistonga Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining tadbirlarida ishtirok etish uchun kelgan.
“Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, SHHTning bo‘lajak sammiti kun tartibi ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi