Mirziyoyev Xitoy Raisiga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Guychjou provinsiyasida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod asadov ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada sog‘ayib ketishini tiladi.  

Ma’lumot uchun, 4 may kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 atrofida Xitoy janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasida daryo qayiqlarining ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgandi. To‘rtta kema kuchli shamol tufayli ag‘darilib ketdi. 84 kishi suvga tushib ketgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Xitoy Si Tszin'pin Guychjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing