Mirziyoyev kelgusi 5 yilda O‘zbekistonning tashqi siyosati qay yo‘ldan borishiga aniqlik kiritdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning kelgusi besh yildagi tashqi siyosati qay yo‘ldan borishiga aniqlik kiritdi. Bunda u asosiy hamkor davlatlar nomini sanadi. 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tizimli va puxta o‘ylangan, pragmatik faol tashqi siyosiy va iqtisodiy diplomatiyasini bundan keyin ham izchil davom ettirishini ta’kidladi.

“Avvalambor, Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika va transport, madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqamiz. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqamiz.

Rossiya, Xitoy va AQSH, shuningdek, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi an’anaviy hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalarimiz geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyat ham kuchaytiriladi. 

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlar qo‘yiladi.

Mirziyoyev so‘zida davom etarkan, Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtaldi. 

“Qo‘shni Afg‘oniston zaminida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga, jafokash afg‘on xalqiga qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing