Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi (video)
Jamiyat
−
07 avgust
4819Bugun, 7 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga yetib bordi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevni Ostona aeroportida Prezident To‘qayev kutib oldi.
Tashrif doirasida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi va bir qator muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari Ostona shahrida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadi. Ertaga ikki mamlakat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi birinchi muloqotda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi