Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2023
10515Joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxti Ostonaga borishi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3 noyabrda Turkiy davlatlar tashkiloti(TDT)ning X yubiley sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirda TDTga a’zo davlatlar – Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etadi. Shuningdek, sammitda TDT kuzatuvchi-davlatlari – Vengriya va Turkmaniston yetakchilari ham qatnashadi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston rahbarining matbuot xizmati 1 noyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, 2 noyabrda esa Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yelisey saroyi Qozog‘istonga safardan so‘ng Emmanuel Makron 2 noyabr kuni O‘zbekistonga kelishini e’lon qilgandi.