Mirziyoyev Qozog‘istondan qaytyapti
Jamiyat
−
17 Sentabr
3591Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, bugun, 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ostonada o‘tgan “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitida nutq so‘zladi. Unda Davlat rahbari sanksiyalar siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlariga haddan tashqari salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirdi. Shuningdek, Mirziyoyev so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan chuqur, fundamental o‘zgarishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 9 avgust kuni Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida Ukraina atrofida va Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatayotgani, an’anaviy savdo va transport zanjirlari buzilgani, mintaqa sanksiyalar siyosatining asiriga aylangani, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshgani, inflyatsiya bosimi kuchaygani va jahon kapital bozorida imkoniyatlar qisqarib, proteksionizm kuchayib, yangi-yangi to‘siqlar paydo bo‘layotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi