Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi vazirligiga $400 million ajratdi
Jamiyat
−
27 aprel 2022 8539 2 daqiqa
Qishloq xo‘jaligi vazirligi joriy yil yakuniga qadar 400 million dollarlik loyihalarni boshlashi kerak. Bu topshiriqni bugun, 27 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev agrar sohada ta’limni yanada rivojlantirish masalalari hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarning borishi yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda berdi.
Prezidentga ko‘ra, bugungi kunda 580 ta yangi loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib, kreditlar qisqa muddatga berilishi bois ularni amalga oshirish kechikmoqda. Shu munosabat bilan:
• vazirlikka loyihalarni ishga tushirib, lizing asosida sotish vakolati beriladi;
• Bog‘dorchilik agentligiga 1 mayga qadar 20 million dollar, natijaga qarab, yil yakuniga qadar yana 45 million dollar ajratiladi;
• buning hisobiga joriy yilda 6 ta viloyatda 1,8 ming gektarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etilib, tadbirkorlarga kamida 7 yil muddatga lizingga beriladi;
• 1 maydan bog‘ va tokzorlar barpo etish uchun kreditlar tadbirkorlarga kamida 10 yil muddatga ajratiladi;
• yil yakuniga qadar xususiy sektor bilan birga jami 115 ming tonnali 17 ta kichik agrologistika markazini ishga tushiriladi. Ular “tayyor holda” 5 yillik imtiyozli davr bilan kamida 10 yilga lizing asosida sotiladi.
Qayd etilishicha, so‘nggi besh yilda sohaga 2,5 milliard dollar xorijiy resurslar jalb qilingan. Shundan, 1,7 milliard dollar o‘zlashtirilib, 4 mingga yaqin loyiha amalga oshirilgan.
Buning hisobiga 2,5 ming gektar zamonaviy issiqxonalar, 11 ming gektar intensiv bog‘lar, 6 ta ko‘chatchilik xo‘jaligi va 350 ming tonnali muzlatkichli omborxonalar tashkil etilgan. Bugungi kunda, sohada 810 million dollar o‘zlashtiriladigan mablag‘ mavjud.
Live
Barchasi