Mirziyoyev qirg‘izistonlik ikki san’atkorni mukofotladi
Madaniyat-san’at
−
05 Sentabr
9766Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki nafar qirg‘izistonlik san’atkorni faxriy unvon bilan taqdirladi. Bu haqda “Qirg‘iz Respublikasining madaniyat va san’at sohalari vakillaridan bir guruhiga faxriy unvonlar berish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar mukofotlangan:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Omurbayev Nur Santashevich – T.Satilganov nomidagi Qirg‘iz milliy filarmoniyasining estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan
Duyshenbek uulu Zakirbek – Qirg‘iz Respublikasidagi erkin ijodkor, komuz sozandasi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ozarbayjonlik qo‘shiqchi va diplomat Po‘lat Bulbulo‘g‘liga O‘zbekiston xalq artisti faxriy unvoni, tojikistonlik san’atkorlar Mirali Do‘stizoda, Ismoil Nazriyev, Furqat Saidov, To‘lqin Tojiboyev va Rahmatullo Hoshimovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni topshirilgandi.
LiveBarchasi