Mirziyoyev Qirg‘izistonga o‘zi bilan Umurzoqovni ham olib bordi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 21 iyul kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu yirik tadbirga o‘zi bilan Prezident Administratsiyasining yangi rahbari Sardor Umurzoqovni ham olib borgan va U Prezidentlar o‘tirgan stoldan o‘rin olgan. 

Shuningdek, stol atrofida boshqa mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari qatorida O‘zbekiston tashqi siyosati mas’uli Vladimir Norovni ham ko‘rish mumkin. 

Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyevga Prezident Administarsiyasi rahbari o‘rinbosari – Matbuot kotibi Sherzod Asadov, Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev hamrohlik qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 iyul kuni Sardor Umurzoqov Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi. 2018 yildan 2022 yilning 8 iyuliga qadar ushbu lavozimda Zaynilobiddin Nizomiddinov ishlagan. Biroq, u bu davrda Prezidentning xorijiy safarlarida hamrohlik qilmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sardor Umurzoqov

Baholaganlar

435

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing