Mirziyoyev Qirg‘izistondagi yig‘ilishda Qoraqalpog‘istondagi voqealarga to‘xtaldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik kengashlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi. U bu haqda bugun, 21 iyul kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvidagi nutqida so‘z ochdi. 

Mirziyoyevning alohida urg‘ulashicha, mintaqaviy hamkorligikning strategik yo‘nalishi xavfsizlik sohasidir. 

“Ekstremizm va terrorizmning an’anaviy tahdidlari, uyushgan jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishimiz zarur”, deydi Prezident Mirziyoyev. 

U so‘zida davom etib, bugungi kunda internet orqali tahdidlarning chegarasi yo‘qligi, ular mobil telefonlar orqali kirib borayotganini aytgan. Shuningdek, davlat rahbari iyul oyi boshida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarga ham e’tibor qaratgan. 

“Afsuski, O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda ro‘y bergan fojiali voqealar bizning rejalarimizni buzishga, mintaqamizga tartibsizlik va beqarorlik sepishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlar mavjudligini yana bir bor tasdiqladi. 

Shu munosabat bilan biz mintaqa davlatlarining xavfsizlik kengashlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining ushbu sohalarning barchasi bo‘yicha muntazam maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi O‘zbekiston Prezidenti. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing